O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi doirasida Tatariston poytaxti Qozon shahrida O‘zbekiston-Rossiya hududlararo hamkorligi bo‘yicha III forum o‘tkazilmoqda.
Mazkur forumda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Samarqand viloyati hokimligi, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi hamda Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi vakillari hamda 20 dan ortiq ishbilarmonlar Rossiya Federatsiyasining hududlari bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
Ikki kun davomida ular rossiyalik tadbirkorlar bilan tibbiyot, ta’lim, to‘qimachilik va yengil sanoat sohalarida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Delegatsiyaning tashrifi davomida umumiy qiymati 202 million AQSH dollari, jumladan, investitsiyalar sohasida – 152 million AQSH dollari va eksport bo‘yicha – 50 million AQSH dollari miqdorida kelishuvlar ishlab chiqildi.
G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri.