Samarqand davlat universiteti bugungi kunda Janubiy Koreyaning 10 dan ortiq nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Sunchunyang, Dongguk, Gachon, Chonnam universitetlari shular jumlasidan.
Universitetda joylashgan Koreya madaniyat markazi Sunchunyang universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Ushbu markaz madaniyatlar almashinuvini shakllantirish, talabalarda chet tillariga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ikki mamlakat do‘stona aloqalarining ramzi sifatida ochilgan.
– Markaz talabalarimizning keng tasavvur bilan ilm olishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Koreya milliy liboslari va turli badiiy adabiyotlari yoshlarimizning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini orttirmoqda, – deydi Samarqand davlat universiteti xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti dekani To‘lqin O‘rozov. Darhaqiqat Samarqand davlat universitetining Koreya universitetlari bilan hamkorligi kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Xususan, Sunchunyang universiteti bilan talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yilgan.
Otabek Sa’dullayev,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat Akramov (surat)