English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand davlat universiteti olimlarining loyihalari startap loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:43 / 2022-07-20

Davlatimiz rahbarining joriy yil 6 iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan 2022-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshiriladigan innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va startap loyihalar ro‘yxatiga Samarqand davlat universiteti olimlarining 720 million so‘mlik 2 ta innovatsion va 1 ta startap loyihalari kiritildi.

Shuningdek¸ 2022-2023 yillarda oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish va joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturidan Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining 10 milliard 742 million so‘mlik 18 ta loyihasi o‘rin oldi. 

2023-2026 yillarda oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan "drayver" innovatsion loyihalar ro‘yxatiga Samarqand davlat universiteti olimlarining 12 milliard 200 million so‘mlik 5 ta innovatsion loyihasi kiritildi. 



Gulnoza Boboyeva, O‘zA