Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida yangi o‘quv yili boshlandi
16:53 / 2021-09-16

Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalari soni 131 taga, bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichi esa 9 foizdan 28 foizga yetdi.

Kuni kecha Kattaqo‘rg‘on shahrida ochilgan ilk oliygoh – Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali ana shu ishlarning uzviy davomi.

Filialda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov so‘zga chiqib, barcha talabalarni yangi o‘quv yilini mazkur filialda boshlayotgani bilan tabrikladi. Ushbu oliy o‘quv dargohi Kattaqo‘rg‘on zaminida yoshlarga sifatli ta’lim beruvchi, mamlakatimiz rivoji uchun yetuk kadrlar yetkazuvchi maskan bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov mamlakatimizda ta’lim sohasiga berayotgan yuksak e’tibor natijasida ochilgan ushbu filial Samarqand ilmiy muhitida o‘z o‘rnini topishiga ishonch bildirdi.

Filialda tashkil etilgan ilk saboq – "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik" shiori ostidagi mustaqillik darslarida tuman hokimlari, taniqli san’at va madaniyat vakillari talabalarga Vatanimiz istiqlolining ahamiyati, Yangi O‘zbekistonda xalqimiz farovonligini ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berdilar.

Ma’lumot uchun, Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida 11 ta kunduzgi ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lib, ushbu o‘quv yilida 600 nafar talaba 1-bosqichga qabul qilindi.

Filialda ta’lim-tarbiya jarayonini zamon talablariga mos tarzda tashkil etish uchun 950 o‘rinli o‘quv binosi va 200 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi barpo etildi. Ularni joriy ta’mirlash, mebel, zamonaviy kompyuter texnikasi, o‘quv adabiyotlari va moddiy-texnik vositalar bilan jihozlar ishlariga 7,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Otabek Sa’dullayev,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi