Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand davlat chet tillar instituti tashkil etilganiga 25 yil toʻldi
11:09 / 2019-11-09

Samarqand davlat chet tillar instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 8-noyabrdagi farmoni asosida tashkil etilgan.


Samarqand davlat chet tillar instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 8-noyabrdagi farmoni asosida tashkil etilgan.

Hozirda institut mamlakatimiz oliy va oʻrta-maxsus, xalq taʼlimi tizimlari, turizm sohasi uchun yuqori malakali xorijiy filologiya mutaxassislari, gid tarjimonlar tayyorlovchi nufuzli ilm dargohi hisoblanadi.

Ayni kunda institutda 4 fakultet, 20 ta kafedra faoliyat olib bormoqda. 14 bakalavr taʼlim yoʻnalishi va 3 magistratura mutaxassisligi boʻyicha 5 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Ularga 350 nafar professor-oʻqituvchi dars beradi. Oʻz navbatida xorijlik talabalar ham oʻzbek tilini oʻrganish maqsadida institutga kelib tahsil oladi. Masalan, har yili 10-20 nafar germaniyalik talaba institutda oʻzbek tilini oʻrganadi. Institut rektorining aytishicha, ular bir oy ichida oʻzbek tilida gapira boshlaydi. Chet ellik talabalarda til oʻrganishga boʻlgan ishtiyoq juda kuchli.

– Dunyo miqyosida yetti mingta til boʻlsa, ular orasida oʻzbek tili ham oʻz munosib oʻrniga ega, – deydi Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon Toʻxtasinov. – Jamoa bilan birgalikda oʻzbek tilining 18 ta durdona, badiiy asarlarini ingliz tiliga tarjima qilyapmiz. Masalan, Oybekning “Navoiy” romanini xorijiy tilga oʻgirdik. Tarixiy asar boʻlganligi sababli tarjima jarayonida koʻplab qiyinchiliklarga duch kelindi. Xorijliklar bizning tariximiz, madaniyatimiz, urf-odatlarimiz haqida koʻproq bilishini istaymiz.

Yigirma besh yillik davr ichida institut nafaqat respublikada, balki xorijiy oliy taʼlim muassasalari orasida ham tanildi, ular bilan hamkorlik kelishuvlari imzoladi.

Bugun oliy taʼlim muassasasi Janubiy Koreya, Rossiya, Xitoy, Germaniya kabi oʻnlab davlatlar bilan hamkorlik aloqalari olib bormoqda. Institut axborot xizmatining maʼlum qilishicha, ayni paytda institutda 20 nafardan ortiq xorijlik professor-oʻqituvchilar talabalarga dars bermoqda.