Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand davlat chet tillar instituti Sulton Idris pedagogika universiteti bilan hamkorlik qiladi
11:00 / 2025-02-05

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi doirasida o‘tkazilgan “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzuidagi birinchi O‘zbekiston – Malayziya ta’lim forumida Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyati tomonidan mazkur muassasalarning faoliyati, kadrlar tayyorlash borasidagi va ilmiy-tadqiqot ishlari hamda ma’lumot berildi. Samarqandning turizm salohiyati to‘g‘risida taqdimot va ko‘rgazmalar o‘tkazildi.  

Forum davomida Malayziyadagi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga ham erishildi.  

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti Malayziyaning Sulton Idris pedagogika universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, tomonlar 2025/2026 o‘quv yilidan professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish hamda malayziyalik talabalar uchun Samarqand davlat chet tillar institutida ta’lim va sayohat mazmunidagi yozgi maktablar faoliyatini ko‘lga qo‘yishga kelib oldilar.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri