Samarqandda yuqolib ketish xavfi ostidagi hayvon va o‘simlik turlarini himoya qilish bo‘yicha iqlim sammiti davom etmoqda.
Samarqand 2025 yilda dunyoning e’tiborini o‘ziga qaratib, SITIES CoP20 — yo‘qolib borayotgan yovvoyi hayvon va o‘simlik turlarini muhofaza qilish bo‘yicha eng yirik xalqaro sammitga mezbonlik qilmoqda. “Silk Road Samarkand” majmuasida o‘tayotgan ushbu tadbirga 180 dan ortiq davlatlar vakillari, ekologlar, ekspertlar va xalqaro tashkilotlar yig‘ilgan.
Sammitning asosiy maqsadi — yovvoyi tabiatning global savdosini tartibga solish, brakonerlik va noqonuniy savdoga qarshi kurashish, shuningdek, turlarning yo‘qolib ketishining oldini olish bo‘yicha yangi xalqaro qoidalar va tavsiyalar ishlab chiqishdir. Muhokamalarda qor yo‘lbarsi, saiga, noyob qushlar va boshqa ko‘plab turlarni asrash bo‘yicha takliflar ilgari surilmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hF6crjHET8o" title="Samarqand: CITIES CoP20" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, Anvarxo‘ja AHMEDOV, O‘zA