Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand – bilim, madaniyat va ma’naviyat chorrahasiga aylandi (+video)
22:30 / 2025-11-06

Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tgani Vatanimiz tarixida muhim voqelik bo‘ldi. Sababi so‘nggi 40 yil ichida ilk bor ushbu nufuzli anjuman YUNESKOning Parijdagi Bosh qarorgohidan tashqarida –O‘zbekistonda o‘tkazildi. Bu esa xalqaro hamjamiyatning mamlakatimizdagi ochiqlik siyosatiga nisbatan yuksak ishonchini, boy madaniy va ilmiy merosimizga e’tiborini anglatadi.

Ushbu tarixiy anjumanning mazmuni, mohiyati va unda davlatimiz rahbarining ilgari surgan tashabbuslari bugun keng jamoatchilik vakillari tomonidan qizg‘in e’tirof etilmoqda.  

– Tarixdan bilamizki, Samarqand Buyuk Ipak yo‘lining muhim chorrahasi bo‘lgan, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Adhambek Ismoilov. – Bu yerdan nafaqat karvonlar, balki g‘oyalar ham o‘tgan. Ilm, madaniyat va ishonch yo‘llari aynan mana shu zamindan boshlangan.  

Davlatimiz rahbarining YUNESKO Bosh konferensiyasidagi nutqi ham ana shu tarixiy missiyani zamonaviy ruhda tiklaydigan, dunyo afkor ommasini gumanitar birdamlik va hamjihatlikka chorlaydigan bir chaqiriq bo‘ldi. Prezidentimiz bu tarixiy nutq bilan bugungi beqaror davrda madaniyat – tinchlikning asosiy tili, ilm – ishonchning asosi, hamkorlik esa taraqqiyotning yagona yo‘li ekanini dunyo hamjamiyatiga yana bir bor isbotlab berdi. Ushbu anjuman orqali Samarqand yana ma’naviyat chorrahasiga aylandi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/rWz8Z-zfQhU" title="Samarqand – bilim, madaniyat va ma’naviyat chorrahasiga aylandi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>  

Muhtarama Komilova, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA