English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand aeroportida noqonuniy tarzda rubl olib chiqilishi oldi olindi
17:15 / 2022-05-04

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari mamlakatimiz hududidan naqd ko‘rinishdagi xorijiy valyutani noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini oldi.

Samarqand tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan X.S. “Samarqand” xalqaro aeroporti orqali deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 1 million 500 ming rubl (jami 235 million 500 ming so‘m)ni olib chiqishga uringanligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi va ekspertizaga yuborildi.

Hozirda, ushbu shaxsga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
 

 O‘zA