Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Samarkand Marathon-2025” musobaqalarini bolalar boshlab berdi
15:52 / 2025-11-08

Samarqand shahrida “Samarkand Marathon-2025” an’anaviy xalqaro xayriya marafoni boshlandi.

Bu yil YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida o‘tkazilayotgan musobaqa “KIDS RUN” yo‘nalishida 3 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi poygalar bilan start oldi. Yosh marafonchilar 60, 300, 600 va 1000 metr masofalarga yugurmoqda.  

Ertaga, 9 noyabr kuni o‘tkaziladigan marafonning asosiy bellashuvlarida 50 dan ortiq davlatdan 9 ming nafardan ziyod ishtirokchilar, shuningdek, xalqaro forum qatnashchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Bellashuvlarda ishtirokchilar 5, 10, 21,1, 42,2 kilometr masofalarni bosib o‘tadi.

42,2 kilometrlik bellashuv uchun homiylar tomonidan pul mukofoti ta’sis etilgan bo‘lib, birinchi o‘ringa 30 million so‘m, ikkinchi o‘ringa 25 million so‘m va uchinchi o‘rin uchun 20 million so‘m beriladi.

Marafon doirasida turli yosh toifasida va imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida ham poygalar tashkil etiladi.

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari