Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Samarkand Marathon-2025” g‘oliblari taqdirlandi
18:23 / 2025-11-09

“Samarkand Marathon-2025”an’anaviy xalqaro xayriya marafonining asosiy bellashuvlari yakunlandi.

O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Sport vazirligi, viloyat hokimligi, boshqa tashkilotlar hamkorligi va homiyligida tashkil etilgan musobaqada dunyoning 50 dan ortiq davlatidan 8 ming nafardan ziyod sportchi qatnashdi. Ishtirokchilar 5, 10, 21.1, 42.2 kilometr masofalarni bosib o‘tdi.

Natijalarga ko‘ra, 5 kilometrlik poygada erkaklar bahsida hamyurtimiz Alisher Ahmatullayev, ayollar o‘rtasida Darya Andropova marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.

10 kilometr masofaga yugurgan erkaklar bahsida yaponiyalik Yuta Shitaraga, ayollar bellashuvida rossiyalik Anastasiya Slichenkovaga teng keladigani topilmadi.

21,1 kilometr masofada o‘tkazilgan poygada rossiyalik sportchilar Rinas Ahmadev hamda Sofya Kameneva g‘olib bo‘ldi.
Asosiy 42,2 kilometr masofadagi marafonda surxondaryolik Shohruh Davlatov marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Ayollar bahsida esa keniyalik Jasinta Chepkoyech g‘olib bo‘ldi.

Marafonda turli yosh toifasida va imkoniyati cheklangan fuqarolar o‘rtasida ham g‘oliblar aniqlandi.
G‘oliblarga pul mukofoti va esdalik sovg‘alari topshirildi.

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA