Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarali ijtimoiy siyosat ijtimoiy davlatning muhim belgisi
16:39 / 2024-10-24

Samarqand shahrida Xalq demokratik partiyasining saylovoldi tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Partiya faollari va elektorati, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etgan tadbirda Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri Nuriddinjon Ismoilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda saylovchilarga partiyaning saylovoldi dasturi hamda deputatlikka nomzodlarning dasturidan o‘rin olgan taklif va tashabbuslar mazmuni atroflicha tushuntirildi. Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning talab va ehtiyojlari, qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash masalasi partiyaning maqsadi va uning elektorati manfaatlaridan kelib chiqib taklif etilayotganligi ta’kidlandi. Bu orqali partiya davlat aholi manfaatlarini to‘laqonli ta’minlash maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat yuritishi lozim, degan pozitsiyasida sodiq qolgani alohida qayd etildi.

– Ijtimoiy tenglik bo‘lgan joyda barqarorlik, rivojlanish bo‘ladi, – deydi Ulug‘bek Inoyatov. – Bugungi natijalarga erishish oson bo‘lgani yo‘q. 20 yil, 10 yil oldin qanday yashaganmiz, bugun qanday yashayapmiz – barcha buni qiyoslashi va hozirgi imkoniyatlarni qadrlashi kerak. Shu bilan birga, kelajagimiz uchun ham qayg‘urishimiz lozim. 27 oktyabr kuni bo‘ladigan saylovda faol ishtirok etish, partiya va deputatlikka nomzodlar dasturlari bilan tanishish va munosiblarga ovoz berish orqali biz ertangi kunimiz uchun poydevor qo‘yamiz. Agar siz kuchli ijtimoiy davlatda, har bir fuqaroning farovonligi ta’minlanadigan jamiyatda yashashni istasangiz, partiyamizga va bizning nomzodlarimizga ovoz bering!

Tadbir davomida saylovchilar partiyaning saylovoldi dasturidagi taklif va tashabbuslar yuzasidan fikrlar bildirib, faollarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri