Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samaradorlik va iqtisodiy salohiyat
14:44 / 2015-11-12

Mamlakatimizda qayta ishlash korxonalarini modernizatsiya qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar bermoqda.

Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “Tillo domor” xususiy korxonasi bundan 15-yil avval 7 nafar ishchi bilan kuniga 200 litr sut mahsuloti tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan edi. Ayni paytda korxonada yetmishga yaqin ishchi mehnat qilmoqda va yigirmaga yaqin turda yuqori sifatli sut mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.

9c.jpg

Korxona rahbari Umarbek Sharipovning aytishicha, bu yerda kuniga o‘rtacha 10 tonna sut qayta ishlanayotir. Sut yetkazib berish bo‘yicha 15 fermer xo‘jaligi bilan shartnoma tuzilgan.