French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bajarilishi muhokama qilindi
15:23 / 2026-03-05

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari faoliyatini aniq mezonlar asosida baholash tizimi joriy etilgan bo‘lib, bu davlat boshqaruvida natijadorlik, ochiqlik va shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi tomonidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Yoshlar ishlari agentligi rahbarlari va o‘rinbosarlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bajarilishi yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Xususan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan jamiyatda diniy-ijtimoiy muhit barqarorligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning oldini olish, sohadagi davlat siyosatining asosiy maqsadi va vazifalari bo‘yicha davlat organlari rahbar va xodimlariga ma’rifiy tadbirlar tashkil etish holati haqidagi axboroti keng muhokama qilindi.

Yoshlar ishlari agentligining hududlarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ko‘ngilochar mega loyihalar tashkil etish, “Yoshlar bandlik dasturi” orqali ishsiz va bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlarning aqliy qobiliyati va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish maqsadida musobaqalarga qamrab olish borasida amalga oshirilgan ishlariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Eshituvda deputatlar tomonidan ko‘rsatkichlarning nafaqat belgilangan miqdorlariga erishilishi, balki ularning sifatli bajarilishi holati va natijadorligi ham muhokama etildi.

M.Komilova, O‘zA