Samaradagi “M-Biznes” korxonasi vakillari bilan muzokaralar olib borildi
Rossiya Federatsiyasining Samara shahridagi Tarqatish markazida faoliyat olib borayotgan “M-Biznes” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan muzokaralar olib borildi.
Korxonaning 1000 nafargacha ishchilarga muhtojligi aniqlandi. Ishchilar uchun yaratilgan yashash va ish sharoitlari, oylik maoshi o‘rganildi. Mazkur korxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan suhbatlashildi.