Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarada ro‘y bergan baxtsiz hodisa oqibatida 2 nafar vatandoshimiz halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohatlandi
14:52 / 2024-04-09

Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi 8-aprel kuni Samara viloyatida ro‘y bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lgan vatandoshlarimizning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Samara viloyatidagi Ural-Muxanovo trassasida sodir bo‘lgan. "Chimkent-Nijniy Novgorod" yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilib ketgan. Hodisa vaqtida avtobusda 66 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Oqibatda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi va darhol tibbiyot muassasalariga joylashtirildi.

Zarur yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi va Qozon shahridagi Bosh konsulxona xodimlari voqea joyiga yetib bordi. Ayni paytda O‘zbekiston diplomatlari Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidagi tegishli tashkilotlari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Vaziyat alohida nazorat ostida.

O‘zA