Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samandarning maqsadi
17:26 / 2017-07-31

Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi joriy yil 1-7-iyul kunlari Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 5 oltin, 3 kumush va 1 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Chempionatning vazni 49 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bahslarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan Samandar Xolmurodov Jizzax viloyati G‘allaorol tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabida saboq oladi. 17 yoshli sportchi 8-yildan buyon boks bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda bir necha bor g‘olib bo‘lgan.

–Mamlakatimizda yoshlarning har tomonlama barkamol ulg‘ayishi, o‘zi tanlagan sohada yuksak natijalarga erishishi uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi Samandar Xolmurodov. – Bunday imkoniyatlarga jaboban, biz yoshlar yurtga munosib farzand bo‘lmog‘imiz shart. Maqsadim, jahon arenalarida Vatanimiz sharafini yanada ulug‘lashdir.