Samadov G‘ulomjon Xursandovichning siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Siyosiy lider imijini oshirish texnologiyalari” mavzusida
Samadov G‘ulomjon Xursandovichning 23.00.02 – “siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” ixtisosligi bo‘yicha “Siyosiy lider imijini oshirish texnologiyalari” mavzusidagi siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 11 iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 45-uy. 5-qavat, 505-xona.
Tel.: (99871) 232-60-47
e-mail: info@dba.uz