Salvador qonunchilari konstitutsiyaviy islohot qabul qildi. Prezidentlik muddatini cheklash tugatilishi ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, amaldagi yetakchi Noyib Bukelega rahbarlik uchun yana noma’lum muddat nomzodini qo‘yish imkonini beradi.
“Arab News” xabar berishicha, mazkur tezkor islohot Qonunchilik assambleyasida yetakchining 57 nafar tarafdori tomonidan qabul qilindi. Taklifga faqat muxolifatning 3 nafar a’zosi qarshi ovoz berdi.
Bukelega qayta saylanish imkonini beradigan mazkur qaror prezidentlik muddatini besh yildan olti yilga uzaytiradi. Shu tariqa u Markaziy Amerika davlati ustidan nazoratni mustahkamlab, saylovda ikkinchi bosqichni bekor qiladi.
O‘zini “qattiqqo‘l diktator” deb e’lon qilgan Noyib Bukele 2019 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelyapti. 2024 yil Oliy sud qarori 44 yoshli siyosatchiga ikkinchi muddat saylanish uchun konstitutsiyaviy taqiqni chetlab o‘tish imkoninin berdi. Natijada u ko‘pchilik ovoz bilan qayta saylandi.
Saylovdan keyin Bukele davlat institutlari va parlament ustidan nazoratni qo‘lga oldi. Muxolifat tomonidan demokratiyaga zid, deya tanqid qilingan o‘zgarish tufayli munozara avjiga chiqdi.
Hukmron “Yangi g‘oyalar” partiyasi vakili, Assambleya rahbari Ernesto Kastro ovozlar sanalgandan so‘ng “Tarix yaratganingiz uchun tashakkur, deputatlar”, dedi.
– Bugun Salvadorda demokratiya halok bo‘ldi... niqoblar olib tashlandi, – dedi muxolif deputat Marsela Vilyatoro parlament yig‘ilishida.
Qonunchilik, prezidentlik va munitsipal saylovlarni uyg‘unlashtirish, joriy prezidentlik muddatini 2029 yildan boshlab ikki yilga qisqartirish uchun ovoz berildi. Endi umumiy saylov 2027 yil martda bo‘lib o‘tadi.
Darvoqe, Bukele mamlakatda zo‘ravonlikni tarixan eng past darajaga tushirishga xizmat qilgan jarayon – jinoiy guruhlarga qarshi keskin kampaniya tufayli qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shu bilan birga u xalqaro inson huquqi tashkilotlari tanqidiga ham nishondir. Bu yetakchi inson huquqi vakillari va hukumat tanqidchilariga nisbatan bosim o‘tkazish, o‘nlab jurnalistlar, faollarni mamlakatni tark etishga majbur qilishda ayblanmoqda.
M.Pirmatova, O‘zA