Salvador Illa Roka – Kataloniyaning yangi prezidenti
Ispaniya avtonom hamjamiyati, Pireney yarim oroli shimoli-sharqida, O‘rta yer dengizi sohilida joylashgan Kataloniyaning sobiq yetakchisi, mustaqillik tarafdori Karles Puchdemon poytaxt Barselonani tark etdi. Bu haqda “Euronews” xabar bergan.
Kataloniya sotsialistlar partiyasi rahbari, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchesning yaqin ittifoqchisi Salvador Illa Roka Kataloniyaning 133-prezidenti sifatida qasamyod qildi.
Marosim shanba kuni hukumatning Barselonadagi qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Mintaqada 2010 yildan buyon ilk bor separatistlar lageriga mansub bo‘lmagan siyosatchi rahbarlik kursisini egalladi.
Illa Roka payshanba kuni parlamentda ovoz berish yo‘li bilan mintaqaviy hukumatning yuqori lavozimiga saylandi. Tabiiyki, bu qarorga mustaqillik tarafdori Karles Puchdemonning “Junts per Catalunya” (Kataloniya uchun birga) partiyasi 34 a’zosi qarshi chiqqan.