Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Salomatlik va nafosat manbai
18:11 / 2017-03-10

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Xalqaro xotin-qizlar kuni hamda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yiliga bag‘ishlab sport festivali o‘tkazildi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Xalqaro xotin-qizlar kuni hamda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yiliga bag‘ishlab sport festivali o‘tkazildi.

"Sport – salomatlik va nafislik manbai" shiori ostida bo‘lib o‘tgan mazkur turnir O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sh.Nurmatova va boshqalar davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ayollar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ular salomatligi to‘g‘risida muntazam g‘amxo‘rlik qilish yuzasidan sa’y-harakatlar qamrovi tobora kengayayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda sportning ayollar uchun mos bo‘lgan turlarini rivojlantirish, sport bilan shug‘ullanishni xotin-qizlarning kundalik turmush tarziga aylantirish, aholining barcha qatlamlari sog‘lig‘ini mustahkamlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan muntazam o‘tkaziluvchi sport festivali ham ayni ezgu maqsadlarni ko‘zlashi bilan tobora ommalashib bormoqda.

Unda vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining xotin-qizlar jamoalari ishtirok etdi. Qatnashchilar badminton, stol tennisi, suzish, shaxmat, gimnastrada bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi.

– Sport ayollarning doimo tetik, bardam, xush kayfiyatda yurishiga xizmat qiladi, – deydi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Mashhura Ishoqova. – Vazirlik tizimida ayollarning ishdan bo‘sh vaqtida suzish, shaxmat, stol tennisi bilan muntazam shug‘ullanishi, sport-sog‘lomlashtirish seksiyalariga qatnashi uchun barcha sharoit yaratilgan. Bunday musobaqalar biz, ayollarga nainki jismoniy, balki ruhiy-ma’naviy dalda, ko‘tarinki kayfiyat berishda katta ahamiyat kasb etadi.

Sport festivalida turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib chiqqan jamoalar munosib taqdirlandi.