English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Salomatlik sayli”da aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
12:59 / 2023-04-07

Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 28-oilaviy shifokorlik poliklinikasida 7 aprel – Xalqaro salomatlik kuni munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Salomatlik sayllari” oyligi doirasidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda 20 nafardan ortiq Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari, viloyatning yetakchi shifokor mutaxassislari tomonidan aholi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Tibbiy ko‘rik davomida jami 954 nafar aholi ishtirok etib, shundan 416 nafar fuqarolarda kasallik aniqlangan bo‘lsa, 347 nafariga ambulator va 51 nafariga statsionar yordam ko‘rsatildi.  

– Tibbiy ko‘rikda ijtimoiy himoyaga muhtoj, surunkali kasalligi bor bemorlarni hududlarning o‘zida yuqori texnologik muolajalarni o‘tkazish orqali sog‘lomlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Fazliddin Usmonov. – Shuningdek, shifokorlar tomonidan aholiga sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, kasalliklar profilaktikasini tashkil etish, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish bo‘yicha ham maslahatlar berilmoqda.  

Ko‘rik davomida 19 nafar bemorga davolanish uchun imtiyozli yo‘llanmalar berildi.  

Shuningdek, tibbiy ko‘rikda ishtirok etgan fuqarolarga shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, “Barkamol avlod” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 92 million so‘mlik dori-darmonlar tarqatildi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA