FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamkorligida tashkil etilgan “Salomatlik poyezdi” Orolbo‘yida bo‘ldi.
Poytaxtdagi bir qator ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining 200 nafarga yaqin malakali shifokori guruhlarga bo‘linib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarida aholini тиббий кўрикдан o‘tkazdi.
[gallery-12370]
Xususan, Amudaryo tumanida o‘tgan tibbiy ko‘riklarga pulmonolog, xirurg, oftalmolog, kardiolog, nevropatolog, endokrinolog, pediatr, bolalar ortopedi kabi tor doiradagi mutaxassislar jalb qilindi. Ko‘rikdan o‘tkazilgan fuqarolarga kasalligi bo‘yicha ambulator, statsionar va respublika tibbiyot markazlarida bepul davolanish uchun yo‘llanma hamda davolanish imtiyozlari, huquqlari, shuningdek, sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish to‘g‘risida maslahat va tavsiyalar berdi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA