English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Salomatlik marafoni”: sog‘lom hayot uchun yangi davr
14:51 / 2026-02-17

Keyingi yillarida mamlakatimizda xalqimiz salomatligini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va saviyasini yuksaltirish, ayniqsa, onalar va bolalar, nogiron, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar sog‘ligini muhofaza qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan “Salomatlik marafoni” umummilliy harakati ana shu yo‘nalishdagi ishlardan biridir.

– Joriy yil fevral oyida “Salomatlik marafoni” umummilliy harakati doirasidagi tibbiy tekshiruv va targ‘ibot tadbirlari Andijon shahri va Paxtaobod tumanida o‘tkazilmoqda, – deydi Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Shohruxmirzo Mamajonov. –  Bu jarayonda aholi o‘rtasida maqsadli skrining tekshiruvlari, ambulator va statsionar tibbiy yordamni kuchaytirish, davlat tibbiy sug‘urtasi orqali bemorlarga ko‘mak berish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Andijon shahri va Paxtaobod tumanidagi tibbiyot muassasalari binolari kirish qismlariga “Salomatlik marafoni” umummilliy harakati tadbirlari o‘tkazilishi yuzasidan bannerlar o‘rnatildi, targ‘ibot materiallari bilan ta’minlandi. 

Bundan tashqari, faol va tashabbuskor yoshlar, Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari, yoshlar ishlari agentligi vakillaridan iborat “Salomatlik volontyorlari” harakati a’zolari tomonidan aholini sog‘lom hayotga jalb etish, to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga amal qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. 

Shifokorlar, patronaj hamshiralar mahallalar, aholi gavjum maskanlarda “Sog‘lom turmush tarzi oynasi – salomatlik ko‘rsatkichlari” shiori ostida fuqarolarning og‘irligi, bo‘y, qon bosimi, qondagi qand miqdorlari o‘lchash tadbirlarini o‘tkazmoqda. Aholiga profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘tish tartiblari tushuntirilmoqda, kasalliklarning kelib chiqishi va oldini olish mavzusidagi bukletlar tarqatilmoqda. 

[gallery-27703]

Jumladan, marafon doirasida Andijon shahrining qator mahallalari aholisi uchun Andijon shahar Markaziy poliklinikasida chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.  Aholi salomatligi kardiolog, nevrolog endokrinolog, terapevt, pediatr, oftalmolog, LOR, jarroh va boshqa yo‘nalishlar shifokor mutaxassislar tomonidan nazoratdan o‘tkazildi.

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari.