Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Salomatlik” ijtimoiy aksiyasi: barchasi aholi salomatligi uchun
18:39 / 2023-05-25

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori T.Musoyev boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar Vobkent tumanida tibbiy ko‘rik o‘tkazdi. Tadbir davomida aniqlangan 12 ta bemorga viloyat va tuman miqyosidagi tibbiyot muassasalarida statsionar sharoitda davolanishlari uchun yo‘llanma berildi.

Filialning pediatr, kardiolog, bolalar jarrohi, jarroh, ginekolog, kardiojarroh, travmatolog va boshqa bir qator soha mutaxassislari eng avvalo “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hisobida turadigan fuqarolar, kam ta’minlangan oila a’zolari va ijtimoiy muhofazaga mansub bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. 4 nafar bemorda tumanning o‘zida malakali mutaxassislar U.To‘rayev, N.Safarovlar tomonidan jarrohlik amaliyoti bajarildi. Bundan tashqari, malakali mutaxassislar tomonidan markazda “Mahorat darslari” o‘tkazildi.  

Prezidentimizning 2021 yil 26 iyuldagi “Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida  Vobkent tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazida amalga oshirilayotgan ishlar  o‘rganildi. Markazda davolanayotgan bemorlar ko‘rilib, kasallik tarixlarini o‘rganish orqali tibbiy diagnostika va davolash standartlariga rioya qilish tartiblari, aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligi  tahlil etildi.  

Aniqlangan ayrim holatlar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Mutaxassislarning tajriba orttirishiga ko‘maklashildi. Vobkent tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlar uchun erta reabilitatsiya va erta ikkilamchi profilaktika ishlarini olib borish borasida markazning vazifalari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.  

Zarif Komilov, O‘zA