Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Salomat bo‘ling”
12:38 / 2025-09-28

Yurak yetishmovchiligi: sabablari, belgilari va davolash yo‘llari (+video)

Yurak yetishmovchiligi — bu yurak mushaklari organizmning kislorod va oziqa moddalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun yetarli miqdorda qon xayday olmaganida yuzaga keladigan surunkali kasallikdir. Ushbu xastalik butun dunyoda keng tarqalgan bo‘lib, yurak-qon tomir kasalliklari orasida o‘lim va nogironlikning eng asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. 

Misol uchun, yurak yetishmovchiligining rivojlanishiga bir qator omillar sabab bo‘lishi mumkin. Xususan, ishemik yurak kasalligi – yurak mushaklariga qon oqimining yetarli bo‘lmasligi, yuqori arterial bosim (gipertoniya) – yurakka ortiqcha yuklama beradi, yurak klapanlaridagi nuqsonlar – qon aylanishining buzilishiga olib keladi va h.k. Kasallikning kelib chiqishi sabablari, belgilari va davolash yo‘llari haqida Milliy tibbiyot markazi yurak qon-tomir jarrohi, intervension aritmolog — Ilhom Tursunqulov ma’lumot berdi.  

Batafsil “Salomat bo‘ling” dasturida:

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/8nF9rHuLAfM" title="Yurak etishmovchiligi: sabablari, belgilari va davolash yo`llari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

                                                          Mohichehra Eshmirzayeva, 

Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA