Har kimda bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin, ammo og‘riq doimiy, bir tomonlama va kuchli pulsatsiya bilan kechsa, bu – migren bo‘lishi ehtimoli katta.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har 7 kishidan biri migren bilan kurashmoqda. O‘zbekistonda ham bu kasallik ko‘p uchraydi, lekin ko‘pchilik uni oddiy og‘riq deb e’tiborsiz qoldiradi.
Xo‘sh, migren qanday kasallik?
Mutaxassislarga ko‘ra haddan tashqari uyqu yoki uyqusizlik ham migrenga sabab bo‘ladi. Shuningdek, gormonal o‘zgarishlar, ayollarda hayz ko‘rishdan oldin yoki homiladorlikda migren kuchayadi. Yana bir holat — och qolish ham migrenga sabab bo‘ladi.Migrenda bosh yurak urishiga o‘xshash pulsatsiya bilan og‘rish ham kuzatiladi. ko‘ngil aynishi ba’zan esa qayt qilish ham mumkin.
Aura bilan kechadigan migrenlar boshlanishidan 10–30 daqiqa oldin xabar beruvchi belgilar bilan aniqlanadi. Bu belgilar: xiralashgan ko‘rish, ko‘z oldida miltillovchi chiziqlar yoki nuqtalar, qo‘l yoki tilning uvishishidir.
Migrenni to‘liq bartaraf qilish qiyin, ammo uni nazorat qilish va yengillashtirish mumkin. Profilaktik dori vositalarini esa doimiy migrenni kamaytirish uchun shifokor tavsiya qiladi. Meditatsiya, yoga va nafas mashqlari ham migrenni davolashda yaxshi samara beradi.
Bir so‘z bilan aytganda migren – oddiy bosh og‘rig‘i emas. U inson hayot sifatini pasaytiruvchi, nevrologik muammo sifatida jiddiy e’tibor talab etadi. Vaqtida shifokorga murojaat qilish, tetiklovchi omillarni aniqlab, ularni cheklash, sog‘lom turmush tarziga amal qilish bilan migren xurujlarini kamaytirish mumkin.
Milliy tibbiyot markazi nevrolog shifokori Nozim Murtazayev kasallik belgilari, kelib chiqish sabablari, tashxis hamda davolash choralari haqida “Salomat bo‘ling” dasturida batafsil.
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/j89BDReCVZE?si=Q8iHpUZqc1VaUolb" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev, O‘zA