Salohiyatli yoshlar korxonasi
Buxoro shahrida Janubiy Koreya sarmoyasi asosida tashkil etilgan “Daewoo Textile Bukhara” ma’suliyati cheklangan jamiyatida zamonaviy texnologiyalar asosida kalava ip ishlab chiqarilmoqda.
Buxoro shahrida Janubiy Koreya sarmoyasi asosida tashkil etilgan “Daewoo Textile Bukhara” ma’suliyati cheklangan jamiyatida zamonaviy texnologiyalar asosida kalava ip ishlab chiqarilmoqda.Korxonada 700 nafardan ziyod kishi uch smenada mehnat qilayotir. Ishchilarning asosiy qismini nafaqat o‘z kasbini, balki bir necha xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan yoshlar tashkil etadi.