Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Salohiyati yuqori jamoalar taqdirlandi
20:40 / 2026-01-17

O‘tgan 2025 yilning 1 dekabridan 30 dekabrga qadar mamlakatimiz miqyosida o‘tkazilgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” yakunlari bo‘yicha Sirdaryo IESda kengaytirilgan yig‘ilish tashkil etildi.

Ushbu tadbirda korxonada olib borilgan ishlar tahlil qilindi, aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, tadbirlarda faol ishtirok etgan xodimlar ham alohida e’tirof qilindi.

Mamlakatimizdagi eng yirik ishlab chiqarish korxonalaridan biri sanalgan Sirdaryo IESning rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish nafaqat ko‘rik-oyligi davomida, balki har kunlik asosiy vazifa sifatida amalga oshirilishi qat’iy ta’kidlab o‘tildi.

Bir oy davomida o‘tkazilgan tadbirlar davomida xodimlarning yong‘in va boshqa favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakatlanishi sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, ularning bilim va amaliy ko‘nikmalari o‘quv mashg‘ulotlari orqali baholandi, bu esa xodimlarning favqulodda vaziyatlarda tez va samarali harakat qilish qobiliyatini namoyon etdi.

Yig‘ilishda ko‘rik oyligida eng faol ishtirok etgan sex va jamoalar e’lon qilindi. Natijalarga ko‘ra, 1-qozon turbina sexining jamoasi 1-o‘rinni, Markazlashtirilgan ta’mirlash sexi 2-o‘rinni, 2-qozon turbina va elektr sexi jamoalari esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Yordamchi sexlar orasida esa Distillat chuchuklashtirish stansiyasi jamoasi 1-o‘rinni, Markaziy ta’mirlash ustaxonasi jamoasi 2-o‘rinni, Issiqlik suv ta’minoti sexi jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.

G‘ulom Primov, O‘zA