Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Salohiddin Mahmudov: Biz uchun ichki ehtiyojni qondirish ustuvor (+video)
09:19 / 2024-03-28

Tadbirkorga yaratilgan sharoit deganda avvalo faoliyat turini o‘zi tanlashi, moliyaviy idoralar hamkorligi, valyuta ayrboshlash erkinligini tilga oladilar. Bu sifatlarning har biri muhim ahamiyatga ega. Unga erishganlar qisqa muddatlarda ijobiy natijalar ko‘rsatmoqda. Masalan, Andijonning Shahrixonidagi “SDK GROUP AND” korxonasini olaylik. 20-30 ta ishchi bilan faoliyatini boshlagan tadbirkor bor yo‘g‘i 5 xil filtrlar ishlab chiqarar edi. Mamlakatimizdagi isloxotlardan o‘rinli va unumli foydalangan mehnat jamoasi so‘nggi yillarda katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi.

– Filtrlarimiz turlari 480 xilga yetdi. Sanoat filtrlari va avtomobil filtrlari ishlab chiqarilyapti, - deydi korxona bosh muxandisi Salohiddin Mahmudov. –Mijozlarimiz orasida issiqlik elektr stansiyalari, Navoiy va Olmaliq kon metallurgiya kombinatlari, “O‘zbekneftgaz” kabi tarmoqlar bo‘lib, ularga keng ko‘lamda filtr yetkazib berish ishlarini olib boryapmiz. “O‘ztransgaz” tizimi ham bizdan oladi filtrlarni.

Sanoat filtrlari sifat jahatidan yuqori ko‘rsatkichga egaligi tufayli xalqaro sertifikat va e’tiroflarga ega bo‘lgan. Bundan tashqari transport vositalarining bu mahsulot turiga bo‘lgan ehtiyoji ham qanoatlantirilmoqda.

– Kon metallurgiyasi tizimida ishlayotgan og‘ir mashinalaridan tortib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan, yengil transport vositalarigacha va umuman chetdan import bo‘lib kirayotgan jamiki mashinalarga filtr ishlab chiqaramiz.  “Belaz ”, “MAN”, “Isusi” lar ham mijozimizdir, – deydi Salohiddin.

200 kishidan iborat ishchi-mutaxassislar uchun eng muhim natija son emas, sifatdir. Birgina 2023-yilda izlanish, intilish tufayli yana 50 xildagi filtrlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydilar.

Eksport-chi, dersiz. Bu borada korxonaning o‘z siyosat yo‘li bor. Bosh muhandis buni shunday sharhladi:

–Hozirgi kunda mahsulotlarimizga xorijda talab katta. Lekin biz avvalambor mamlakat ichki ehtiyojini qondirish uchun harakat qilyapmiz.

O‘zi shunaqa. Muvaffaqiyat yangi yutuqlarga chorlaydi. Mana ikki yildirki “SDK GROUP AND” tarkibida motor moylari ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yildi.

–Sintetik, yarim sintetik mator moylari, gidravlika moylari ishlab chiqarilmoqda, - deydi sex boshlig‘i Qahhor Qobilov. –Xorijdan keltirilayotgan moylar darajasidagi sifatli moylar yetkazib berishga harakat qilyapmiz.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/IANcsftLPbs?si=CaRfKs6bScBCRBzW" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov(video), O‘zA