“Sall-markaz” abituriyentlarga ko‘makchi bo‘ladi
Andijon davlat universitetida “Qabul – 2023” jarayoni bo‘yicha fuqarolarda yuzaga keladigan va qabul bo‘yicha ularni qiziqtiradigan savollarga javob berish, abituriyentlarga ko‘maklashish maqsadida "Call-markaz"i tashkil etildi.
Ma’lumki, joriy yilda oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar o‘z hujjatlarini 20 iyundan 20 iyulgacha faqat onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tkazadi. Bundan tashqari, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma bilan YouTube kanali orqali tanishishi mumkin. Fuqarolar, abituriyentlar qabul jarayoni tugagunga qadar universitetda faoliyat ko‘rsatadigan "Call-markaz" idan yakshanbadan tashqari hafta davomida ertalab soat 9.00 dan 18.00 gacha o‘zlarini qiziqtiradigan savollarga o‘zbek va rus tillarida javob olishi mumkin.
[gallery-12607]
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat), O‘zA