Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Salkam ikki kilogramm “gashish” to‘xtatib qolindi
11:55 / 2024-03-11

Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari hamda DXX chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda qo‘shni davlatdan yurtimizga o‘tish uchun “Oybek” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi “MAN” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda avtomobilning yarim tirkama qismiga magnit yordamida yopishtirib yashirilgan ikki dona polietilen o‘ramga o‘ralgan 1 kilogramm 981 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA