Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Salkam 40 mln so‘mlik aviachipta puli iste’molchiga qaytarildi
11:32 / 2026-03-03

Navoiy shahrida yashovchi fuqaro S.A. Tailand davlatiga sayohat qilish maqsadida 4 nafar yo‘lovchi uchun jami 39 million 840 ming so‘mlik aviachipta xarid qilgan. Biroq rejalashtirilgan parvoz bekor qilingan. Shundan so‘ng fuqaro chipta pullarini qaytarish masalasida muammoga duch kelgan.

Fuqaro bir necha bor murojaat qilganiga qaramay, to‘langan mablag‘ o‘z vaqtida qaytarilmagan. Natijada u o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining 1091 ishonch raqamiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.  

Olib borilgan ishlar natijasida S.A.ga 39 million 840 ming so‘m miqdoridagi aviachipta puli to‘liq qaytarib berildi.

Mazkur holat iste’molchilar o‘z huquqlarini bilishi va zarur hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

A. Bo‘riyev, O‘zA muxbiri