Salkam 2 milliard so‘m jarima undirib berildi
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 8 oktyabrdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor – “Panorama bolalar uyi” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi foydasiga 1 milliard 850 million 149 ming so‘m jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
– Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborildi, – deydi MIB Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi Bobosher Mansurov. – Olib borilgan ijro harakatlari davomida “Panorama bolalar uyi” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan jami 1 milliard 887 million 169 ming so‘m jarima pullari to‘liq undirildi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hisob-raqamiga o‘tkazildi.
O‘zA.