So‘nggi yillarda O‘zbekiston – Qirg‘iziston munosabatlarida bir vaqtlar tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan ijobiy holat yuzaga keldi. Eng muhimi, yuz berayotgan o‘zgarishlar ikki xalq hayotida, oddiy odamlar turish-turmushida yaqqol aks eta boshladi.
Bu haqda mulohaza yuritilganda, eng avvalo, chegaralar ochilib, azaliy qardosh ikki el yana birlashgani ko‘z oldimizga keladi. Zero, yaqin-yaqingacha chegaraning ikki tomonidagi minglab insonlar – qarindosh-urug‘, aka-uka, quda-anda bir-birini yo‘qlash baxtidan mosuvo yashashga majbur bo‘lgani bor gap.
Xayriyatki, ko‘p yillik ayriliqdan keyin qayta diydorlashgan, bir zamonlar to‘y-hasham, hatto, aza marosimlari sabab cheksiz sarson-sargardonlikka duchor qilingan yuzlab oilalar uchun endi hamma qiyinchiliklar ortda qoldi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zL18a0Y1ifg" title="Salima XOLDOROVA: O‘zbekiston fuqaroligini olishim 25 yillik iztirobga malham bo‘ldi!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Har holda bunday alg‘ov-dalg‘ov his-tuyg‘ularni hech kim o‘z boshidan o‘tkazgan kishichalik anglay olmasa kerak, nazarimizda.
O‘zAning navbatdagi suhbatdoshi, asli qirg‘izistonlik o‘zbek ziyolisi – “Profi University” Navoiy shahri filiali psixologiya fani o‘qituvchisi Salima Xoldorovaning yurak so‘zi, ehtirosga to‘la samimiy e’tirofi o‘quvchi va tomoshabinlarimizni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.
Bizningcha, Salima opa mamlakatimiz olib borayotgan bugungi siyosat birinchi navbatda xalqimiz, oddiy insonlar xohish-istagi, irodasidan kelib chiqib amalga oshirilayotgani, hamma narsa inson qadr-qimmati uchun xizmat qila boshlaganining jonli guvohi bo‘lsa, ajabmas...
G‘ayrat XONNAZAROV tayyorladi.
O‘zA