Erkin Tolibovich FARMONOV Texnika fanlari nomzodi, dotsent Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Toshkent, O‘zbekiston Erkinfarmonov2009@mail.ru
Annotatsiya
Maqolada, cho‘l ozuqabop o‘simliklari, jumladan saksovul va cherkez urug‘larini ekishda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishda qo‘llaniladigan cho‘llarning og‘ir sharoitlariga moslashtirilmagan seyalkalardan foydalanish bo‘yicha olib borilgan taqiqotlar tahliliga oid ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, bunday seyalkalar saksovul va cherkez urug‘larni ekishda agrotexnik talablarni qanoatlantirmasligi sabablari asoslab berilgan. Tadqiqot jarayonida bunkerning uch xil variantdagi konstruksiyasi nazariy va eksperimental jihatdan o‘rganilib, natijada seyalkaning saksovul va cherkez urug‘larini ekishda agrotexnik talablarini qanoatlantiradigan ikki qismdan iborat bunker tavsiya etilgan. Shu bilan birga ikki qismdan iborat bunker olti bosqichli urug‘ ekish texnologik ish jarayonini amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Kalit so‘zlar: cho‘l va yarim cho‘l, saksovul, cherkez, fizik-mexanik xossalari, urug‘lik aralashmasi, urug‘, konstruksiya, bunker nazariy, eksperiment, tadqiqot.