Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saksoniya universitetlari O‘zbekiston oliy ta’limi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
13:52 / 2025-12-18

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlik so‘nggi yillarda izchil rivojlanib, ta’lim va fan sohasidagi o‘zaro aloqalar yangi bosqichga chiqmoqda.

Ayniqsa, Germaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘rnatilgan hamkorlik kadrlar tayyorlash, akademik almashinuv va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu ishlar doirasida Saksoniya universitetlarining O‘zbekistondagi xalqaro ofisiga “Mittweida” amaliy fanlar universiteti (Hochschule Mittweida) xalqaro aloqalar bo‘limining xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimi Tim Fridrix tashrif buyurdi.  

Uchrashuv davomida Germaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, Saksoniya universitetlarining imkoniyatlarini O‘zbekiston ta’lim bozorida kengroq taqdim etish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘ida hamkorlikni O‘zbekistonning turli oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil etish, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro muloqotni davom ettirish, amaliy takliflar ishlab chiqish va O‘zbekiston – Germaniya ta’limiy hamkorligini yanada chuqurlashtirishga kelishib oldi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA