Yaqinda Parij shahrida “Women in Tech Global Awards 2025” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori Saida Beknazarova Kavkaz va O‘rta Osiyo mintaqasi bo‘yicha “Lifetime Achievement” nominatsiyasi finalchisi sifatida ishtirok etdi.

– Bu nafaqat shaxsiy yutuq, balki O‘zbekistonda ayollarning texnologiya sohasidagi salohiyatini e’tirof etishdir. Bizning xotin-qizlar innovatsiya yaratishga, ilmiy izlanish olib borishga va yosh avlodga ilhom berishga qodir. Men ilm yo‘lidan borayotgan barcha ayollarga umid va ishonch berishni istayman, – dedi u.

Ma’lumot uchun, “Women in Tech Global” 2017 yilda tashkil etilgan xalqaro dastur bo‘lib, ayollarning texnologiyadagi ishtiroki va imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan. Dastur bugungi kunda 56 tadan ziyod mamlakatda 250 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirgan. Tashkilotning bosh ofisi Parijda joylashgan.
“Women in Tech Global Awards” mukofoti esa texnologiya va innovatsiyada o‘z hissasini qo‘shgan ayollarning yutuqlarini e’tirof etadigan muhim tanlov hisoblanadi. Bu tanlov orqali ayollar ilg‘or g‘oyalari va muvaffaqiyatlari bilan xalqaro miqyosda e’tirof etiladi.
N.Ziyodullayeva, O‘zA