Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sahro baxshilari Navoiyda
11:34 / 2023-05-26

Navoiy viloyati Xatirchi tumanining “Oltinsoy” mahallasidagi Amirqul Po‘lkan shoir bog‘ida Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi Baxshichilik maktabi ijodiy jamoasi ishtirokida “Sahro baxshilari” musiqiy festivali o‘tkazildi.

Prezidentimizning 2023 yil 26 apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ilovasida “Navoiy viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2023 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlangan bo‘lib, unda Xatirchi tumanida “Sahro baxshilari” musiqiy festivalini yuqori saviyada o‘tkazish belgilangan.  

[gallery-12070]

– Mamlakatimizda xalqimizning yuksak badiiy ijodiyoti asosida yaratilgan nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash, xalq og‘zaki ijodining qadimiy an’analarini tiklash va milliy qadriyatlarni izchil rivojlantirish, ijodiy uyushmalar hamkorligida baxshi, oqin va jirovlar ijodining eng yaxshi namunalarini targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Respublika baxshichilik san’atini rivojlantirish markazi direktori Umid Norboyev. – Ayni paytda baxshichilik va dostonchilik san’atining tarixi, ular ijodini mukammal o‘rganish maqsadida tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirda Termiz shahrida yangi baxshilar maktabi, mamlakatimizning boshqa hududlaridagi bolalar musiqa va san’at maktablarida baxshichilik sinflari tashkil etilgan.  

Festivalda xalq dostonlaridan namunalar, badihago‘ylik yo‘lida termalar, aytishuvlar ijro etildi. Ayniqsa, yosh baxshilarning chiqishlari yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar Xatirchi tumani hokimligi va tashkilotchilarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

A.Bo‘riyev,  

S.Aslonov (surat), O‘zA