Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sahnada - zamondoshimiz
19:39 / 2021-05-29

Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan O‘zbekiston teatrlarining "Seni kuylaymiz, zamondosh!" respublika VI ko‘rik-festivali yakunlandi.

Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu ko‘rik-festival mamlakatimiz teatrlaridagi ijodiy jarayonni, ular repertuarini batafsil o‘rganish,  tahlil etish, spektakllarni saralash imkonini berayotgani bilan ahamiyatlidir.

Garchi bu yil ko‘rik-festival on-layn tarzda o‘tsa-da, teatrshunoslar uchun mazkur ijodiy loyihaga taqdim etilgan sahna asarlarini batafsil o‘rganish sharoiti  yaratildi.

Ko‘rik-festivalga taqdim etilgan asarlarning saviyasi, badiiy mukammalligi, zamonamiz qahramonlari obrazining batafsil ochib berilganiga asosiy e’tibor qaratildi.

Hakamlar xulosasiga ko‘ra, birinchi o‘rin Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrining “Lola” spektakliga berildi. Spektakl Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani "Nurli obod" fermer xo‘jaligi rahbari Lolaxon Murodovaning hayot yo‘li haqida hikoya qiladi.

Ikkinchi o‘rin  Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining “Olmoqning bermog‘i bor” spektakliga nasib etdi. Mazkur sahna asarida korrupsiyaga qarshi kurashishni maqsad qilgan yurtdoshlarimiz o‘ziga xos badiiy talqinda ochib berilgan.

Uchinchi o‘ringa  O‘zbek Milliy akademik drama teatrining “O‘zgalar dardi” spektakli loyiq topildi. Ushbu spektakl hayotda manfaatparaat odamlar bilan birga o‘zgalar g‘am-tashvishini o‘z muammosi deb biluvchi jonkuyar yurtdoshlarimizni qiziqarli va hayotiy voqealar asosida tasvirlab beradi.  

Ayni paytda ko‘rik-festival yakunida bir qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘olib jamoalar aniqlandi.

Ijodiy loyiha doirasida shuningdek, "Zamondosh obrazining sahnaviy talqini masalalari” ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

  N.Usmonova, O‘zA