Sahnada “Ona” dramasi
Shu kunlarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Chex dramaturgi Karel Chapekning “Ona” nomli dramasi premerasi bo‘lib o‘tmoqda.
Rejissyorlar Sarsenboy Uzoqboyev va Marxabay Usenov tomonidan sahnalashtirilgan spektaklda urush tufayli turmush o‘rtog‘i va besh nafar o‘g‘lidan judo bo‘lgan mushtipar onaning achchiq qismati aks ettirilgan.
Sahnada “Ona” obrazini O‘zbekiston xalq artisti Mirzagul Sapayeva yuksak mahorat bilan ijro etgan. Aktyorlar Sulton O‘razimbetov, Alisher Akimov, Obod Ashirov, Ruslan Qayipnazarovlar bosh qahramonlar rolini talqin etgan.
[gallery-976]
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA