Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sahnada "Maysara"
09:50 / 2025-06-12

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatrida Hamza Hakimzoda Niyoziy asari asosida sahnalashtirilgan "Maysara" spektaklining premerasi bo‘lib o‘tdi.

Atoqli ijodkorning "Maysaraning ishi" asari asosida yosh dramaturg Bobur Hamroyev talqinidagi mazkur spektakl tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur sahna asari milliy ruhi, shumlik va olg‘irlikka qarshi ezgullikning kurashi zavqli va qiziqarli tarzida aks ettirilgani bilan e’tiborga molikdir.

Musiqali komediya janridagi ushbu asar mamlakatimizning bir qator teatrlari tomonidan qo‘yilganiga qaramay, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatrida o‘ziga xos talqinda yaratilgani bilan e’tiborga molikdir.

Spektakl Ilhom Otamirzayev tomonidan sahnalashtirilgan. Sahnalashtiruvchi rassom  - Hayitboy Qambarov. Spektaklni sahnalashtiruvchi dirijyor - Akmal To‘rayev.  

Bastakorlar Farrux Zokirov, Rustam Ilyosov, Ulug‘bek Karimov tomonidan yaratilgan musiqa asarlari garchi mashhur kinofilm orqali tomoshabinlarga tanish bo‘lsa-da, ular sahna asariga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishlagan. Xormeyster - Ulug‘bek Komiljonov, baletmeyster - Ma’mura Nazarova. Betakror milliy liboslarni mohir dizayner Rayhon Yo‘ldosheva yaratgan.

Maysara rolini taniqli san’atkor Ma’suda Otajonova ijro etgan. Spektaklda asosiy rollarni shuningdek, Iqbol Oshiqov, Abror Mallaboyev, Omon  Yo‘ldoshev, Gulasal Rahmonova kabi san’atkorlar ijro etgan.

"Maysara" spektakli musiqali komediya muxlislari uchun o‘ziga xos tuhfa bo‘ldi.

Nazokat Usmonova,

O‘zA muxbiri