Sahnada – bo‘lg‘usi tibbiyotchilar
FOTOREPORTAJ
Andijon shahrida Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-17814]
Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan tashkil etilgan tadbir Qorovul qo‘shinlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari chiqishi bilan boshlandi. Viloyat maqomchilar ansambli, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandalarining kuy-qo‘shiqlari davraga yanada fayz kiritdi.
Institutning iqtidorli va xorijlik talabalari she’riyat, qo‘shiqchilik va raqs san’atidagi qobiliyatlarini namoyish etdilar. Institutning “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasi esa barchaga kulgi ulashdi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA