Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sahna asari ham kuldirdi, ham o‘yga toldirdi
15:05 / 2025-12-04

Teatr — hayotni sahna orqali namoyon etuvchi, inson ruhiyatini boyituvchi muhim madaniy maskan. Jizzax viloyat sudi tashabbusi bilan viloyat musiqali drama teatrida sudyalar, sud faxriylari, sud apparati xodimlari va ularning ota-onalari, yaqin qarindoshlari O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov asari asosida sahnalashtirilgan “To‘ylar muborak” spektaklini birgalikda tomosha qildilar.

Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan mazkur  “To‘ylar muborak” asari o‘zining hayotiy voqealarga boyligi, turli xarakterga ega qahramonlari va yumorga boyligi bilan tomoshabinlarga iliq tuyg‘ular ulashdi. Asarda aks etgan oilaviy qadriyatlar, insoniy munosabatlar va mehr-oqibat borasidagi sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarni kuldirdi, ham chuqur o‘yga toldirdi.

Kundalik mas’uliyatli va murakkab ishdan so‘ng teatrda oila bilan birgalikda hordiq chiqarish sud xodimlari uchun muhim ruhiy quvvat manbai bo‘ldi. Odatda bunday tomoshalar xizmat intizomi, jamoaviy muhit va xodimlarning yanada ko‘tarinki ruh bilan ishlashiga  ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

[gallery-26552]

Spektakl davomida aktyorlar tomonidan katta mahorat bilan ijro etilgan sahnalar, hayotiy vaziyatlar  tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari