Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sahiba Gafarova: Osiyo xotin-qizlari forumi ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishda muhim maydon
16:50 / 2024-05-13

Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Osiyo xotin-qizlari forumi doirasida O‘zbekiston Senati Raisi Tanzila Norboyeva Ozarbayjon Milliy Mejlisi Raisi Sahiba Gafarova bilan uchrashdi.

Muloqot avvalida tomonlar ikki davlat rahbarlarining ochiq va ishonchli munosabatlari mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining rivojlanishida mustahkam asos bo‘layotganini alohida qayd etdi. 

Uchrashuvda yuqori darajadagi ikki tomonlama kelishuvlarning amalga oshirilishini ta’minlash, shu jumladan, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalarni huquqiy jihatdan ta’minlash bo‘yicha parlamentlarning o‘zaro hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi. 

Tomonlar xalqaro tashkilotlar va parlamentlararo tuzilmalar doirasida aloqalarni yanada mustahkamlash va bir-birini qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor ekanini bildirdi. 

Sahiba Gafarova O‘zbekiston tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Osiyo xotin-qizlari forumi ayollarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirishda muhim maydon ekanini ta’kidladi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki davlat tadbirkor ayollari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirish, yosh parlamentariylar muloqotini jadallashtirishga kelishib oldi. 

N.Abduraimova, O‘zA