“Sag‘bon” podstansiyasida nosozlik yuzaga kelgan
Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, yuqori kuchlanishli “Sag‘bon” podstansiyasida nosozlik yuzaga kelgan.
Ushbu podstansiya Olmazor tumanining “Ahil”, “Paxta”, “Yangi Toshkent”, “Beruniy”, “Shodiyona”, “Istiqbol”, “Oltinsoy”, “Bo‘stonobod”, “Tepa Guzar”, “G‘alaba”, “Tabassum”, “Islom ota” va “Chuqursoy” mahallalari hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Podstansiyadagi nosozlik tufayli yuqoridagi mahallalarning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach hududda elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
O‘zA