Safiya Burxonova kumush medal sohibi
Fransiya mamlakati mezbonligida o‘tayotgan «Parij-2024» Paralimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasidagi yadro uloqtirish (F12) bahslarida g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi.
Unda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Safiya Burxonova 14.12 metr natija qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. E’tiborli jihati shundaki, Safiya aynan ushbu yo‘nalishda “Rio-2016” Paralimpiya o‘yinlarida kumush, “Tokio-2020” Paralimpiadasida oltin medalga sazovor bo‘lgan.
Ayni damda paralimpiyachilarimiz jamg‘argan medallar soni 8 oltin, 6 kumush va 4 bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA