Safiya Burxanova Paraosiyo o‘yinlari g‘olibi
Xanchjou shahrida o‘tayotgan to‘rtinchi Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 4 taga yetdi.
Musobaqaning para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi F12 klassida yadro uloqtirish dasturida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Safiya Burxanova 13.87 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, musobaqaning para dzyudo bahslarida vazni 48 kilogrammgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasida Fotima Toirova bronza medali bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha para kanoe bo‘yicha Shahzoda Mamadaliyeva, Iroda Rustamova hamda erkaklar o‘rtasida Azizbek Abdulhabibov delegatsiyamizga oltin medal keltirgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA