Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Safina Sa’dullayeva Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi
18:58 / 2025-05-30

Janubiy Koreyaning Kumi shahrida yengil atletika bo‘yicha davom etayotgan Osiyo chempionatining to‘rtinchi kungi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Safina Sa’dullayeva kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Chempionatning balandlikka sakrash dasturida qit’aning eng kuchli yengil atletikachilari bilan kechgan murosasiz bellashuvlar natijasida hamyurtimiz 1.86 metr natija qayd etdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishda hindistonlik Puja Puja 1.89 metr ko‘rsatkich bilan oltin, qozog‘istonlik Yelizaveta Matveyeva 1.86 balandlikni zabt etib, bronza medaliga ega chiqdi.

Terma jamoamiz a’zolaridan O‘g‘iloy Norboyeva yettikurash dasturida 5461 ochko jamg‘arib to‘rtinchi, uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan Anvar Anvarov 7.98 metr bilan beshinchi pog‘onadan joy egalladi.

O‘zbekiston terma jamoasining qit’a chempionatidagi umumiy medallari soni 3 taga yetdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA