Safina Sadullayeva oltinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
Olimpiya o‘yinlarining yengil atletika dasturidagi ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash musobaqalari yakuniga yetdi. Unda yosh yengil atletikachimiz Safina Sadullayeva dunyoning kuchli atletlari bilan munosib bellashdi.
1.96 metr balandlikni ikkinchi urinishda zabt etgan Sadullayeva oltinchi natijani qayd etdi. Bu borada oltin medal rossiyalik Mariya Lasitskenega nasib etdi. Uning qayd etgan ko‘rsatkichi 2.04 metrni tashkil etdi.
O‘zA